Video dars
Ikki kunda bir marta bitta mavzu video shaklida yoritiladi.
Ikki kunda bitta dars, topshiriq va video hisobot. 21 kun davomida aql, tana, ruh va xarakter ustida kurator nazoratidagi tizimli ish — yopiq jamoa ichida.
FOCUS 21 — FOCUS Club’ning erkaklar shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan loyihasi. Maqsad — vaqtinchalik motivatsiya emas, balki muntazam bajariladigan amal, o‘lchanadigan natija va bir-birini oldinga tortadigan jamoa.
Ikki kunda bir marta bitta mavzu video shaklida yoritiladi.
Mavzu hayotga tatbiq etiladigan amaliy topshiriqqa aylanadi.
Ishtirokchi bajargan ishi bo‘yicha video hisobot topshiradi.
Kurator jarayonni kuzatadi, har bir ishtirokchi faolligi baholanadi.
Tana va quvvat
Aql va diqqat
Ruh va qalb
His va munosabat
Erkak faqat bir yo‘nalishda o‘ssa, muvozanat buziladi. FOCUS 21 dasturi jismoniy, aqliy, ruhiy va hissiy rivojlanishni bitta tizimga birlashtiradi.
Darslar ikki kunda bir marta o‘tiladi. Oraliq kunlarda ishtirokchilar topshiriqni bajaradi va hisobot topshiradi.
Aniqlik
Quvvatni boshqarish
Physical, Mental, Spiritual, Emotional Wins
Berish orqali o‘sish
Niyatdan barqaror amalga o‘tish
Tong sehri
PARHEZ faqat ovqatlanishda emas
Qaror qabul qilish tizimi
20% harakat — 80% natija
Tugallanmagan ishlarni yopish
Mavzu sir saqlanadi · yakuniy uchrashuv
FOCUS 21 loyihasida faqat dars ko‘rishning o‘zi yetarli emas. Har bir ishtirokchi 21 kun davomida 8 ta kunlik odatni hamda uyqu va kayfiyat ko‘rsatkichlarini maxsus trekerda belgilab, o‘z ustida tizimli ishlaydi.
Har kuni nuqta qo‘ying va chiziq bilan birlashtiring.
21 kunni birga bosib o‘tgan ishtirokchilar jonli uchrashuvda ko‘rishadi. Har bir ishtirokchiga FOCUS Club logotipi tushirilgan sovg‘alar to‘plami topshiriladi.
Dastlabki 3 kun ichida qo‘shilgan ishtirokchilarga qiymati 100$ bo‘lgan maxsus darslar to‘plami bonus sifatida bepul taqdim etiladi.